Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hech qachon qizlar bokiraligi tekshirilishi haqida farmon chiqarmagan, deb ma’lum qildi idora rahbari Nasim Olimzoda Dushanbedagi press-konferensiyada.
Shu bilan birga u ayrim mojarolar sababli huquqni muhofaza qilish organlari ko‘rsatmalariga binoan shunga o‘xshash tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga qarshi qo‘mitasi Dushanbe rasmiylariga murojaat qilib, nikohdan avval bokiralik tekshirilishini taqiqlashga chaqirgan edi. BMT ushbu amalyotni og‘riqli va kamsituvchi deb atagan edi. BMTning fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash tekshiruvlarga tibbiy ehtiyoj zarur emas.
Tojikistonda so‘nggi yillarda qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, nikohni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va sog‘liqlari haqidagi tibbiyot ma’lumotnomani FXDYoga topshirishlari kerak, chunki tibbiy ma’lumotnomasiz nikohni qayd qila olishmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi