12:10 / 12.02.2019
4 511

Tojikiston "mardikor bozori"ni qonuniylashtirmoqchi

Tojikiston "mardikor bozori"ni qonuniylashtirmoqchi
Tojikiston Mehnat, migratsiya va ijtimoiy bandlik vazirligi yaqinda tarqatgan xabarida, hukumat mardikorlar bozorini qonuniylashtirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Shu tariqa ichki migrantlar rasman mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ijtimoiy kafolat hamda pensiyaga umid qiladi.

Mehnat vazirining o‘rinbosari Emin Sanginzoda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mardikorlar va ish beruvchilar o‘rtasida erishilgan og‘zaki kelishuvlar ularning ijtimoiy va yuridik huquqlarini kafolatlamasligini aytdi.

“Ayrim mardikorlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga ega va ular yaxshigina pul ham ishlashadi, ammo qisqa vaqt mobaynida ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarni barqarorlashtirishning imkoniyati yo‘q. Biz bu yo‘nalish bo‘yicha ish olib borayapmiz”, - dedi Sanginzoda.

Aholi bandligi agentligining direktor o‘rinbosari Niyoz Qurbonovning aytishicha, yollanma mehnat bozoridagi so‘rovlar shuni ko‘rsatganki, mardikorlarning o‘zlari faoliyatlarini qonuniylashtirilishini istashmaydi va bir kunda topadigan 50-100 somoni (10 dollardan ko‘p) dan qoniqish hosil qiladi.

“Biz ularga, agarda siz faoliyatingizni qonuniylashtirsangiz, u holda sizlarga ijtimoiy kafolat berilishini tushuntirmoqdamiz. Kelajak haqida, pensiya haqida o‘ylab ko‘rish kerak, biroq ular o‘zlariga hech narsa kerak emasligini, topayotgan pullari yetayotganini aytmoqda”, - deydi Qurbonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston "mardikor bozori"ni qonuniylashtirmoqchi