06:57 / 13.02.2019
3 800

Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi (video)

Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi (video)
Xitoylik multimillioner Chjen Datsin hamqishloqlariga 12 million yuan atrofida pul (1,7 million dollar) tarqatdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi.

Oltmish yoshli millioner o‘tgan hafta Sichuan provinsiyasida joylashgan ona qishlog‘i Dinsitsyaoga tashrif buyurdi. U bir necha kun davomida mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga sovg‘alar ulashdi.

Datsin 50 yoshdan oshgan kishilarga 9 million yuan naqd pul, shuningdek, 3 millionlik maishiy texnika, jumladan, konditsioner, sovutgich va televizorlar tarqatdi. Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan o‘rashga to‘g‘ri kelgan. Har bir pul dastasida 2 mingdan 6 ming yuangacha bo‘lgan.

Shuningdek, mahalliy aholining 60 yoshdan oshgan kishilariga ular jonajon o‘lkalarini yuqoridan tomosha qilishlari uchun vertolyotda bepul sayohat tashkillashtirgan.

Chjen Datsin – “Xinjiang Tiandi Group” korporatsiyasining raisi. U qashshoq oilada tug‘ilgan va kam haq olib, mehnat qilgan. 1985 yil Urumchi shahriga ko‘chadi va u yerda o‘z biznesiga asos soladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi (video)