20:18 / 15.02.2019
6 671

Peskov Putinning shikastlangani haqida gapirdi (foto)

Peskov Putinning shikastlangani haqida gapirdi (foto)
Foto: Minval.uz
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning barmog‘i jarohatlangani uning xokkey o‘ynash rejasiga to‘sqinlik qilmaydi, deb xabar beradi «Daryo».
«Prezident o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, hozir Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda, keyin esa u xokkey o‘ynaydi», — prezident matbuot kotibi Peskov.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, bu holatda jarohat haqida gapirish noto‘g‘ri.
«U shunchaki barmog‘ini ozgina urib olgan, sport — bu sport, hamma narsa bo‘lishi mumkin», — deydi u.

Foto: Mixail Klimentev / RIA Novosti

Vladimir Putin kecha dzyudo bo‘yicha bir soatlik mashg‘ulot o‘tkazgan. Beslan Mudranov bilan sparring-mashq vaqtida u o‘ng qo‘l barmog‘i bilan jarohat olgan, ammo barmog‘iga plastir qo‘yganidan so‘ng mashg‘ulotni davom ettirgan.
Rossiya rahbari jang san’ati bilan 50 yildan ortiq shug‘ullanadi, u dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi unvoniga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov Putinning shikastlangani haqida gapirdi (foto)