08:46 / 16.02.2019
6 989

Rossiyada endi «Qonundagi o‘g‘rilar» uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi

Rossiyada endi «Qonundagi o‘g‘rilar» uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi
Shu haqdagi qonun loyihasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Ushbu qonun loyihasi jinoiy to‘dalar yetakchilari, zamonaviy til bilan aytganda, «Qonundagi o‘g‘ri», «Avtoritet»larni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish maqsadlariga yo‘naltirilgan. Qolaversa, ushbu qonun loyihasi tergovchilarning ishini osonlashtirgan holda, «avtoritet»ning jinoyatini juda tez fursatda, hech qanday ikkilanishlarsiz, ovoragarchiliklarsiz isbotlash imkonini beradi.
Endi bundan buyon «Qonundagi o‘g‘ri», jinoyat olamining «avtoritet»lari kamida 8 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Agar jinoiy guruhlar yig‘ini, boshqacharoq aytganda, «sxodka»larda ishtirok etayotib qo‘lga tushsa, bu jinoyatchi 12 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga qamaladi.

Biznesmen Alijman To‘xtaoxunov, jinoyat olamida «Tayvanchik» laqabi bilan mashhur o‘g‘riboshi Putinning qonun loyihasini quyidagicha sharhladi:
— Men tushunmadim, jinoyat olamidagi «avtoritet» nima o‘zi? Iyerarxiya-chi? Bilamanki, avtoritetlar biznesda bo‘ladi. Ular hayotni chuqur biladi, obro‘si bor, tajribasi katta. Kimlardir kelib ulardan maslahat so‘raydi. Shularmi jinoyat olamidagi «avtoritet»lar? Bunaqasi bo‘lmaydi. Qamoqda «avtoritet» emas, jinoyatni sodir etgan kimsa o‘tirishi kerak. Agar politsiyachi yoningga kelib, «Sen jinoyat olami avtoritetisan» desa-yu, jinoyat moddasini o‘ylab topib seni qamab yuborsa, bu ish noto‘g‘ri bo‘ladi. Yana «sxodka»da ishtirok etganlar deyilibdi. Qanaqa «sxodka»? Jinoyatchida «sxodka» nima qilsin? Jinoiy guruh deyildi. Qani o‘sha jinoiy guruh? Hozir ko‘chada jinoyat yo‘q. Jinoyatning hammasi biznesda. Biznesdan izlash kerak jinoyatchini…

Eslatib o‘tamiz, «Tayvanchik» Amerikada ham 2011 yili eng uzoq vaqtdan beri qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Uni narkotiklar va qurol-aslaha savdosi, o‘g‘irlangan avtomobillar oldi-sotdisida ayblashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada endi «Qonundagi o‘g‘rilar» uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi