12:05 / 17.02.2019
4 514

Qirg‘izistondan 100 chavandoz otlari bilan Saudiya Arabistoniga yuboriladi

Qirg‘izistondan 100 chavandoz otlari bilan Saudiya Arabistoniga yuboriladi
Qirg‘izistondan Saudiya Arabistoniga CamelFestival doirasida o‘tadigan “Ko‘chmanchilar olami” etnofestivaliga deyarli 100 chavandoz va yana shuncha ot jo‘natiladi. Bu haqda Qirg‘iziston ko‘pkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov ma’lum qildi.
Festival 9-23 mart kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Unda 95 dan ziyodroq davlat vakillari ishtirok etadi.

“Qirg‘izistondan 100 chavandozni oti bilan jo‘natamiz: 75 ta ko‘pkari o‘yinchilari oti, qolganlari kaskadyorlar oti. Otlar hozir vaksinatsiyadan o‘tmoqda. Xarajatlarni tashkilotchi o‘z zimmasiga olgan. Biz otlarimizni va ko‘pkari qanday o‘ynalishini namoyish qilamiz”, deb aytgan Samatov.
Samatovning aytishicha, shu munosabat bilan Saudiya Arabistonidan otlarni tashish uchun samolyotlar jo‘natilgan. Ko‘pkari o‘yinchilari boshqa samolyotda jo‘naydilar.
Festival Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir davomida davlatlar o‘z madaniyatlari, urf-odatlari va milliy sport turlarini namoyish qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondan 100 chavandoz otlari bilan Saudiya Arabistoniga yuboriladi