14:46 / 18.02.2019
4 669

Chimkentda 13 yashar o‘smir olov ichida qolgan uydan 2 bolani olib chiqdi

Chimkentda 13 yashar o‘smir olov ichida qolgan uydan 2 bolani olib chiqdi
Chimkentda 13 yashar o‘smir hayotini xavf ostiga qo‘yib, olov ichida qolgan uydan ikki bolani olib chiqdi. Bu haqda Tengrinews'ga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Yong‘in 60 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Uyda kattalar nazoratisiz qoldirilgan 3 nafar bola bor edi. Katta qiz tutunni ko‘rib, qo‘rqib ketadi va yordam so‘rab, qo‘shnilarning oldiga chopadi.

2005 yilda tug‘ilgan qo‘shni bola onasiga o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishni tayinlaydi, o‘zi esa ikki bola qolgan uyga kirib boradi. U 2013 yilda tug‘ilgan qiz va 2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolani tutun ichida qolgan uydan olib chiqadi.

Foto: Tengrinews

Shundan so‘ng alanga butun uyni qamrab oldi va uni yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar bartaraf qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chimkentda 13 yashar o‘smir olov ichida qolgan uydan 2 bolani olib chiqdi