Xitoy mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘urda yashovchi 2,6 millionga yaqin kishining joylashuvini kuzatadi. Financial Times xabariga ko‘ra, GDI Foundation nodavlat tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimi Viktor Gevers internet tarmoqlarida ana shunday ma’lumotlar bazasini aniqlagan.
Geversning so‘zlariga ko‘ra, bir sutkada 6,7 million GPS-ma’lumot bazaga kelib tushgan. Unda joylashuv bilan bog‘liq ma’lumotdan tashqari, odamlarning ismi, hujjat raqamlari, uy manzili va suratlari ham bo‘lgan. Ularning aksariyati uyg‘urlar bo‘lgan.
Ekspertning ta’kidlashicha, ma’lumotlar Xitoyning SenseNets kompaniyasi tomonidan to‘plangan. Baza yarim yil davomida onlayn-serverda ochiq bo‘lgan. Gevers server egalariga bu haqida xabar berganidan so‘ng unga kirish yopilgan.
Nashrda qayd etilishicha, SenseNets kompaniyasi boshqa xizmatlardan tashqari politsiya xizmatlarini ham taqdim etadi. Xususan, u Xitoy sharqidagi Lyanyungan shahrida hamda janubiy Guandun provinsiyasida yuzdan tanish tizimini o‘rnatish bilan ham shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi