Internetda Xitoyning Guandun viloyatida arqon ko‘prikning uzilib tushishi videosi joylashtirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Sayyohlar ko‘prik orqali o‘tishayotganda, ulardan biri ko‘prik o‘rtasida sakrab, ko‘prikni chayqata boshlagan.
Natijada ko‘prik yuklamani ko‘tara olmay, uzilib tushgan. Ko‘prikda bo‘lgan sayyohlar chekkalardan tortilgan arqonga ilashishdan boshqa choralari qolmagan.
Xitoy OAVning ma’lum qilishicha, Yanszyan shahridagi diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan ko‘prik suvdan 2,5 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikda bo‘lgan barcha 6 kishi ehtiyot kamarlarida bo‘lganlari sababli jarohat olishmagan. Ko‘prik noma’lum muddatga yopib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi