06:34 / 20.02.2019
9 657

«Rezina» tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi

«Rezina» tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi
Kuni kecha qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan “rezina” tuxumlar O‘sh shahriga Issiqko‘l viloyatidan keltirilgan, deb xabar qildi Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiya rahbari Kalisbek Jumakanov.

Jumakanov jurnalistlarga Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiyasi xizmat tekshiruvini o‘tkazib, video qahramonini topganini ma’lum qildi.

“Erkak tuxumlarni O‘shdagi “Archa” mini-bozorida xarid qilganini ma’lum qildi. Ushbu tuxumlar Issiqko‘l viloyatidan keltirilgani aniqlandi. Hammasi ekologik tabiiy, lekin shunga qaramasdan mahsulot tarkibini aniqlash maqsadida uni laboratoriyaga topshirdik ”, - dedi u.

Jumakanov tuxumlar boshqa davlatlardan keltirilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Shuningdek, u Issiqko‘ldagi korxonada tekshiruv boshlanganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Internetda Qirg‘izistonda “rezina” tuxum paydo bo‘lganligi haqidagi xabar qizg‘in muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Rezina» tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi