2018 yilning to‘rtinchi choragida dunyo bo‘ylab yoqilg‘i narxi avvalgi chorakka nisbatan 9 foizga tushgan, deya xabar beradi «Daryo» nashri.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, yoqilg‘ining bir litri uchun o‘rtacha narx 1,8 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ammo ko‘p mamlakatlar benzinni ancha arzon narxlarda sotib oladi.
Eng past narxlar Venesuela (0,01 AQSh dollari), Eron (0,14 AQSh dollari), Quvayt (0,35 AQSh dollari), Nigeriya (0,41 AQSh dollari) va Misr (0,43 AQSh dollari)da qayd etilgan.
Uning ortidan Malayziya (0,53 AQSh dollari), Saudiya Arabistoni (0,54 AQSh dollari), BAA (0,59 AQSh dollari), Rossiya (0,66 AQSh dollari) va Pokiston (0,69 AQSh dollari) joy olgan.
Shveysariya (1,59 AQSh dollari), Fransiya (1,61 AQSh dollari), Portugaliya (1,61 AQSh dollari), Shvetsiya (1,62 AQSh dollari), Finlyandiya (1,63 AQSh dollari) eng yuqori yoqilg‘i narxiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ulardan so‘ng Isroil (1,66 AQSh dollari), Daniya (1,7 AQSh dollari), Niderlandiya (1,71 AQSh dollari), Gretsiya (1,72 AQSh dollari), Italiya (1,74 AQSh dollari) va Norvegiya (1,82 AQSh dollari) o‘rin olgan.
Tadqiqotlar 61 mamlakatni qamrab olgan, biroq Ukraina ro‘yxatga kiritilmagan. Ukraina yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1 litr A-95 benzin narxi o‘rtacha 1,2 AQSh dollarni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, yoqilg‘ining past narxi uning aholi uchun mavjudligini anglatmaydi, deyiladi reytingda. Misol uchun, narx bo‘yicha 10-o‘rinni egallagan Pokiston aholi uchun mavjudlik bo‘yicha oxirgi o‘rinda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?