Vengriya poytaxti Budapesht 2019 yilda sayohatlar uchun Yevropaning eng yaxshi shahri deb topildi. Bu haqda yarim million foydalanuvchi o‘rtasida ularni Yevropaning qaysi sayyohlik yo‘nalishi eng ko‘p qiziqtirishini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan European Best Destinations (EBD) sayti ma’lum qildi.
Sayyohlar Budapeshtning boy arxitekturasi va tarixiy merosi, madaniyati, gastronomiyasi va termal hovuzlarini yuqori baholashgan.
Reytingning 2-o‘rnidan Portugaliyaning Braga, 3-o‘rnidan Italiyaning Monte-Izola shaharlari joy olgan. Yetakchi 15 talikka Fransiyaning Mets, Polshaning Poznan, Ispaniyaning Malaga, Shveysariyaning Jeneva, Xorvatiyaning Savtat, Slovakiyaning Bratislava, Fransiyaning Sent-Maksim, Belgiyaning Dinan, Gretsiyaning Afina, Chernogoriyaning Kotor, Latviyaning Riga va Italiyaning Florensiya shaharlari kirgan.
“Dunay javohiri – bu nafaqat Yevropaning eng yaxshi turistik yo‘nalishi, balki dunyodagi eng chiroyli va xavfsiz shaharlaridan biridir. Budapesht Parijning bashangligi, Venaning me’moriy merosi, Portuning fusunkorligi va Stohkolmning turmush tarzini taklif etadi”, deb yozgan sayt. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring