07:04 / 22.02.2019
9 115

«Usmoniy shohlarning shafqatsiz qonunlari»

«Usmoniy shohlarning shafqatsiz qonunlari»
Aslida usmoniylar imperiyasi shariat qonunlariga asoslangan. Ammo bu qog‘ozda qolgan desak, sira xato bo‘lmaydi. Chunki shariat qonunlaridan tashqari, har bir imperiya taxtini egallagan sulton o‘zining shaxsiy qonunlarini o‘ylab topgan. Shunday qonunlardan biri aka-ukalar, yaqin qarindosh hisoblangan erkaklarni o‘ldirish. Ular taxt uchun xavfli hisoblangan qarindosh erkak borki, shafqatsizlarcha o‘ldirishgan. Buning uchun shohga hech qanday jazo tayin etilmagan. Garchi aholi vakillari ko‘cha-ko‘yda bu fojiani o‘zaro muhokama etsalar-da, shohga yoki uning atrofidagi ayyonlarga lom-mim deya olishmagan. Bilishgan. Xudo ko‘rsatmasin, shohning bu ishini tanqid ostiga olishsa, o‘zlari ham boshidan judo bo‘ladi.

Bundan tashqari, haramdagi kanizaklarni ham ko‘pchilik imperiya hukmdorlari o‘zlari istagan ko‘yga solishni odat qilishgan. Haramdagi kanizaklar bilan hayvoniy ishq o‘yinlari tashkil etish ko‘pchilik sultonlarning sevimli mashg‘ulotiga aylangan. Shunga yarasha sultonning qizlari, opa-singillari ham shahvoniy mashg‘ulotlarga o‘ch bo‘lishgan. Masalan, sulton Abdul-Azizni olaylik. Uning Esma ismli qizi shu qadar erkaklarga o‘ch bo‘lganki, har kuni jazman yangilagan. Agar o‘zi yoqtirib qolgan erkakning oilasi bo‘lsa, ajrashishga majbur etgan. Ajrashishni istamasa, u o‘ldirib yuborilgan.

Dahshatlisi, To‘pqopi saroyida birgina ishqiy sarguzashtlar qurbonlari minglablarga teng. Sulton joniga tekkan kuni kanizakni o‘ldirib yuborsa, uning opa-singillari ham arzimas sabab bilan saroydagi qul sanalmish erkaklarning boshiga yetishdan tiyilmagan. Shuning uchun ham hozirgi kunda To‘pqopi saroyida begunoh qoni to‘kilgan qul va xizmatchilarning arvohlari hanuz sarson kezadi. Ular aynan sultonlar va unga qarinosh bo‘lgan malikalarning kasriga qolib, ikki dunyo oralig‘ida xor-zor kezishdan bo‘shamayapti.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Usmoniy shohlarning shafqatsiz qonunlari»