10:42 / 22.02.2019
7 114

AQSh Rossiyaga qarshi “yashirincha bostirib kirish” strategiyasini ishlab chiqmoqda

AQSh Rossiyaga qarshi “yashirincha bostirib kirish” strategiyasini ishlab chiqmoqda
Pentagon Rossiya va Xitoyga qarshi jangovar harakatlar olib borishning yangi strategiyasini ishlab chiqmoqda. Uning mohiyati raqib hududiga “yashirincha bostirib kirishdan” iborat. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Devid Goldfayn Vashingtondagi Bruking tadqiqot institutidagi nutqida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Goldfaynning aytishicha, yangi strategiyani ishlab chiqish Rossiya va Xitoy tomonidan “tahdidlar”ga javoban boshlangan, uni ishlab chiqish jarayoni bir yilcha vaqt va 135 mlrd dollarga yaqin xarajatni talab qiladi.
Generalning ta’kidlashicha, yangi strategiyada qo‘shinlarning barcha turlari jalb qilinadi, unda bosh rolni F-35 qiruvchi samolyotlari o‘ynaydi.

Goldfaynning ma’lum qilishicha, yangi strategiya mohiyati raqibning kuchli tomonlari bilan to‘qnashuvdan qochib, uning zaif joylariga zarba berishdan iborat. “Bu ham madaniy, ham texnik jihatdan tub o‘zgarishlardir”, deb aytgan general va ushbu strategiya AQSh qo‘shinlariga raqib oldida “assimmetrik ustunliklar” berishini qo‘shimcha qilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, AQShning yangi strategiyasi “troyan ot” taktikasini eslatadi, biroq Rossiya va Xitoyda amerikaliklarga qarshi muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy qurollar borligi hisobga olinsa, AQSh bu g‘oyani qanday amalga oshirishi jumboqdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Rossiyaga qarshi “yashirincha bostirib kirish” strategiyasini ishlab chiqmoqda