12:00 / 23.02.2019
5 913

Amerika Rossiya va Xitoyga qarshi hujum taktikasini ishlab chiqdi…

Amerika Rossiya va Xitoyga qarshi hujum taktikasini ishlab chiqdi…
Bu «Troyan taktikasi» deb nomlangan. Ushbu loyihaning maqsadi bir. Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya va Xitoyga qarshi urush boshlashda mana shu loyihaga suyanadi. Taktikaning asl mazmuni shundaki, hujumlarda mamlakatdagi barcha qurolli kuchlar ishtirok etadi.
Asosiysi, qiruvchi samolyotlardan tortib suvosti kemalarigacha ko‘rinmas holatda harakatlar sodir etadi. Amerika harbiy havo kuchlari shtabi rahbari general Devid Goldfaynning gapiga ko‘ra, bu loyiha uchun davlat xazinasidan jami 135 milliard dollar mablag‘ ajratilgan.

— Rossiya va Xitoy tarafi, — dedi general. — Nafaqat Amerika, balki butun dunyoga jiddiy xavf solishdan tiyilmayapti. Shunday ekan, biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Rossiya va Xitoyga arzirli zarbalarni yo‘llay olamiz…

General yana bir narsani ta’kidlab o‘tdi. Yangi urush harakatlarida asosiy rollardan birini «F-35» qiruvchi samolyotlari ijro etadi. Biroq harbiy ekspertlar ikki rivojlangan davlatga qarshi urush harakatlari olib borish uchun Amerikaning qudrati yetmasligiga ishonishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika Rossiya va Xitoyga qarshi hujum taktikasini ishlab chiqdi…