18:20 / 24.02.2019
3 382

Moldovaning eng boy kishisi Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketishda gumonlanmoqda

Moldovaning eng boy kishisi Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketishda gumonlanmoqda
Rossiya IIV 2013-2014 yillarda Rossiyadan 37 mlrd rubldan ortiq mablag‘ni olib chiqib ketgan xalqaro jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini xabar qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

IIVning ma’lumot berishicha, jinoiy guruh tashkilotchilari Moldova demokratik partiyasi rahbari, Rossiya fuqaroligiga ega Vladimir Plaxotnyuk (OAV uni Moldovaning eng boy kishisi deb ataydi) va moliyachi Vyacheslav Platon (u 2017 yildan buyon Rossiyadan 20 mlrd dollarni noqonuniy olib chiqib ketish va Moldovaning Banca de Economii bankidan 20 mln dollarni o‘g‘irlashda ayblanib Moldovada 18 yilga qamalgan) hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, jinoiy guruh a’zolari 2013-2014 yillarda soxta asos va hujjatlar orqali o‘z nazoratlari ostidagi yuridik shaxslarning «Zapadniy» va Russkiy Zemelniy Bankdagi hisobraqamlaridan xorijy valyutadagi mablag‘larni BC Moldindconbank S.A. va boshqa xorijiy tashkilotlar hisobraqamlariga o‘tkazishgan.

Ish doirasida Rossiya IIV tergov departamenti xodimlari Moskva viloyatida yashovchi Aleksandr Korkinni hibsga olgan.
Xabarlarga ko‘ra, «Moldova kirxonasi» deb nomlangan sxemada Rossiyadagi 18ta bank ishtirok etgan. Bunda eng ko‘p mablag‘ «Zapadniy» va Russkiy Zemelniy Bankdan olib chiqib ketilgan.

Avvalroq OAV Dodon o‘ziga suiqasd tayyorlanayotgani haqida anonim maktub olgani, maktubda demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk parlament saylovlaridan keyin prezidentni o‘ldirishni rejalashtirayotgani aytilgani haqida xabar qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldovaning eng boy kishisi Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketishda gumonlanmoqda