10:36 / 25.02.2019
4 109

Tramp Si Szinpin bilan uchrashuv joyini ma’lum qildi va «juda katta yangiliklar» haqida va’da berdi

Tramp Si Szinpin bilan uchrashuv joyini ma’lum qildi va «juda katta yangiliklar» haqida va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.
Amerika yetakchisining fikricha, bu savdo masalasi bo‘yicha Vashington va Pekin o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli o‘zgarish yuz bergani bilan bog‘liq. Sammit yakunlari bo‘yicha Tramp Xitoy bilan savdo bitimi tuzishni mo‘ljallamoqda.
«Tomonlar ijobiy o‘zgarishlarga erishganini hisobga olib, biz Mar-o-Lagoda rais Si [Szinpin] bilan sammitni rejalashtiryapmiz. AQSh va Xitoy uchun juda yaxshi dam olish kunlari!» - deb yozgan Tramp.
Shuningdek, Trampning ma’lum qilishicha, Xitoy bilan o‘zaro manfaatli savdo bitimiga erishish niyatida.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, agar Pekin bilan muzokaralar yaxshi o‘tsa, unda kelgusi bir necha hafta ichida «juda katta yangiliklar» paydo bo‘ladi.
«Xitoy juda ajoyib edi. Biz har ikki mamlakat uchun ham yaxshi bo‘ladigan bitimga erishmoqchimiz va buni amalga oshiramiz», - deya ma’lum qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Xitoy valyuta bo‘yicha kelishib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Si Szinpin bilan uchrashuv joyini ma’lum qildi va «juda katta yangiliklar» haqida va’da berdi