16:46 / 25.02.2019
5 066

Sobiq prezident Kravchuk: «Qornimgamas, qadrimga yig‘layman»

Sobiq prezident Kravchuk: «Qornimgamas, qadrimga yig‘layman»
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk
Foto: «RIA Novosti»

Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kravchuk «NV» jurnaliga bergan intervyusida pensiyasidan nolib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning sobiq rahbariga, belgilab qo‘yilganidek, prezidentlik pensiyasini emas, balki deputatlik pensiyasini berishmoqda...

— Menda prezident pensiyasi yo‘q! Deputatlik pensiyasi — 18 ming griven olaman, bu uyat va sharmandalik, — dedi Kravchuk.
Muntazam shu masalani ko‘tarib chiqayotgan sobiq prezidentning arzini har safar hukumat bee’tibor qoldirmoqda.
Siyosatchi, to‘g‘rirog‘i, pensiyasi miqdoridanmas, mamlakat ravnaqiga qo‘shgan hissasi qanday baholanayotganidan kuyinmoqda. Holbuki, uning ta’kidlashicha, sobiq prezidentdan kam xizmat qilgan, biroq ko‘proq pensiya olayotganlar soni Ukrainada oz emas.

— Xizmatimga yarasha to‘langlar! — degan Kravchuk o‘z so‘zi nihoyasida.
Ma’lumot uchun: Leonid Kravchuk — Ukrainaning birinchi prezidenti bo‘lib, 1991 yilning 5 dekabridan 1994 yilning 19 iyuliga qadar mamlakatni boshqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq prezident Kravchuk: «Qornimgamas, qadrimga yig‘layman»