Qo‘shiqchi Shakira 12 iyunda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi bo‘yicha Ispaniya sudi oldida ayblanuvchi sifatida javob beradi.
Espluges-de-Lobregat shahri sudi (Kataloniya) prokuraturaning qo‘shiqchining soliq to‘lamasligi bo‘yicha 6 ta holat (daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i) bo‘yicha arzini ko‘rib chiqishga qabul qilgan.
Gap 14,5 mln yevro haqida bormoqda. Prokuratura fikricha, qo‘shiqchi daromadini Kayman orollari, Virgin orollari, Panama va boshqa ofshor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yashirgan.
Shakira 2010 yildan buyon ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan uchrashadi. Juftlik o‘z aloqalari haqida 2011 yilda rasman e’lon qilgan, biroq qo‘shiqchi Ispaniya soliq idoralari hisobiga 2015 yilda turgan. Shu tariqa, soliqchilar qo‘shiqchi 4 yil davomida Ispaniyada soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan deb hisoblashmoqda, vaholanki qo‘shiqchi shu vaqtning ko‘p qismi davomida Ispaniyada yashagan.
Shakira advokatining ta’kidlashicha, qo‘shiqchi 2015 yilgacha Ispaniyada yashamagan, shu sababli u Ispaniya oldidagi barcha soliq majburiyatlarini bajargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi