07:57 / 28.02.2019
4 765

Yaponiyada 268 gramm vazn bilan tugʻilgan bola yashab ketdi

Yaponiyada 268 gramm vazn bilan tugʻilgan bola yashab ketdi
Tokiodagi Keyo universiteti qoshidagi klinikada dunyoda eng kichik vazn bilan tugʻilgan oʻgʻil bola shifokorlar parvarishidan keyin oʻzini tutib oldi.
Tugʻilganida vazni bor-yoʻgʻi 268 grammni tashkil qilgan bola shifokorlar qaroviga boshqa ehtiyoj sezmagani sababli shifoxonadan chiqarildi.

Yarim yil davomida mitti bolakay deyarli 3 kg vazn toʻplagan va hozir mustaqil ravishda nafas oladi va ema oladi.
Taʼkidlanishicha, bola ona bachadonida deyarli oʻsmagan, shu sababli shifokorlar homiladorlikning 24-haftasida uni kesarcha kesish yordamida chiqarib olishga qaror qilishgan.

Bola dunyoga kelganda ikki qoʻl kaftlaridek kelgan, uning hayotini esa maxsus qurilmalar qoʻllab-quvvatlab turgan.
Bolakay eng kam vazn bilan tugʻilib yashab keta olgan erkak jinsidagi chaqaloq sifatida qayd qilindi. Bu borada avvalgi rekordchi 274 gramm vazn bilan tugʻilgan germaniyalik bola hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 268 gramm vazn bilan tugʻilgan bola yashab ketdi