22:22 / 28.02.2019
4 114

Tramp va Kim Chen In Xanoydagi sammitni tark etdi: hech qanday kelishuvga erishilmadi

Tramp va Kim Chen In Xanoydagi sammitni tark etdi: hech qanday kelishuvga erishilmadi
AQSH va KXDR yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen In Xanoydagi sammitni jadval boʻyicha rejalashtirilgan qoʻshma tushlik va matbuot uchun bayonotsiz tark etishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Yetakchilarning kortejlari sammit oʻtkazilgan joy - Xanoydagi “Metropol” mehmonxonasidan chiqib ketgan.
28 fevral kuni boʻlib oʻtgan sammitning ikkinchi, asosiy kuni Tramp va Kim Chen In qoʻshma hujjatni imzolashi kerak edi.

Biroq, jurnalistlarga sabablarini tushuntirmagan holda, uchrashuv 2 soatga qisqartirilgani haqida xabar berildi.
Amerika prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In ikkinchi sammit yakunlari boʻyicha kelishuvga erishmadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders soʻzlariga koʻra, tomonlar yadrosizlanishning turli variantlarini muhokama qilishgan, ammo hozircha ular kelishuvga erisha olmaganlar. Shu bilan birga, yetakchilar kelajakda uchrashish niyatida ekanini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Kim Chen In Xanoydagi sammitni tark etdi: hech qanday kelishuvga erishilmadi