13:20 / 01.03.2019
6 574

Turkiyani uyatga qo‘ygan “postmodern to‘ntarish” yuz bergan kun...

Turkiyani uyatga qo‘ygan “postmodern to‘ntarish” yuz bergan kun...
Turkiyada 1997 yilning 28 fevrali “postmodern to‘ntarish” sifatida xotirlanadi. Chunki harbiylar xuddi shu kuni Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida qabul qilingan qaror orqali hukumatni bilvosita almashtirishga erishgan edi.

Qariyb to‘qqiz soat davom etgan yig‘ilishda sekyulyarizm turk demokratiyasining tamali ekani ta’kidlandi. Tariqatlarga qarashli maktablar va Qur’on kurslari tekshirilishi, tariqatlar yopilishi, kiyinish haqidagi qonunlarga rioya etilishi talab qilindi.

O‘sha paytda bosh vazir lavozimida bo‘lgan Najmiddin Erbakan Milliy xavfsizlik kengashi qarorini imzolashni istamadi va pirovardida iste’fo berishga majbur bo‘ldi. U boshchilik qilgan “Rafoh” partiyasi yopildi. Turkiyada yangi hukumat tuzildi.


“Postmodern to‘ntarish” natijasida ro‘molli muslimalarga qarshi qattiq kurash boshlandi. Ro‘mollilar darslarga kiritilmadi, minglab muslimalar hibsga olindi. Istanbul universiteti rektori Kamol Alemdaro‘g‘li va uning o‘rinbosari Nur Serter “ko‘ndirish xona”sini tashkil etib, bu xonada ro‘molli qizlarni ro‘molini yechishga majburladi. Minglab talaba qizlar ro‘moli uchungina o‘qishdan haydaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyani uyatga qo‘ygan “postmodern to‘ntarish” yuz bergan kun...