18:13 / 01.03.2019
6 547

Astronomlar galaktikamizda yashiringan qora tuynukni topishdi

Astronomlar galaktikamizda yashiringan qora tuynukni topishdi
Foto: NAOJ
Yaponiya milliy astronomiya observatoriyasi (NAOJ) olimlari Somon yoʻlida, Yerdan 25 000 yorugʻlik yili uzoqligida qora tuynuk borligini aniqlashdi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qildi.

Qora tuynuklar — istalgan materiyani abadiy yutib yuboruvchi juda kuchli gravitatsiyaga ega obyektlar. Hatto yorugʻlikni ham yutgani bois, ularni koʻrish imkonsiz. Olimlar buni faqatgina qora tuynuklarning qoʻshni obyektlarga taʼsiri orqali ilgʻashadi, xolos.

Bu safar galaktikamiz markazida, Yerdan 25 000 yorugʻlik yili masofasida joylashgan Oʻqotar yulduz turkumi yaqinida shubhali harakatlanayotgan gaz buluti yapon olimlari eʼtiborini tortdi. Eng yangi “ALMA” teleskopi yordamida kuzatishsa, gaz buluti koʻrinmas ulkan obyekt, aftidan qora tuynuk, atrofida aylanmoqda.

Eng qizigʻi, qora tuynuk noodatiy — taxminan 30 mingta Quyosh massasiga egaligi taxmin qilinyapti. Odatda qora tuynuklar ancha kichik va yengil (5 ta Quyosh massasi) yoki oʻta ogʻirdir — gigant qora tuynuklar Quyoshdan millionlab marotaba salmoqliroq boʻlishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronomlar galaktikamizda yashiringan qora tuynukni topishdi