09:46 / 02.03.2019
8 757

Tramp Vyetnamdan uchib ketayotganda avariya sodir boʻldi (video)

Tramp Vyetnamdan uchib ketayotganda avariya sodir boʻldi (video)
Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashganidan soʻng samolyot uchib-qoʻnish yoʻlagida avariya sodir boʻlganligi uchun Vyetnamdan darhol uchib keta olmadi, deb yozadi “Daryo” nashri.

Donald Tramp Air Force One bortiga koʻtarilgan avtotrap orqaga qaytishdan bosh tortgan. Shu sababli AQSH prezidenti xavfsizligi uchun javobgar boʻlgan 10 nafar maxfiy xizmat xodimi trapni oʻzlari itarishga majbur boʻlgan.

Natijada Donald Tramp chiqqan samolyot Xanoydan biroz kechikish bilan uchgan.
Aeroportda boʻlgan odamlar bu jarayonni videoga olgan.

Eslatib oʻtamiz, Tramp va Kim Chen In muzokaralari muddatidan avval tugagan boʻlib, ular hech qanday kelishuvga erisha olmagan. Ikki tomonlama bitimni imzolash marosimi ham, birgalikda ishchi tushlik oʻtkazish ham bekor qilingan.

Tramp sammitdan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar mustahkam ekanligi, biroq imzolash uchun hech qanday yaxshi narsa boʻlmaganini aytgan. Shuningdek, Pxenyanga qarshi barcha sanksiyalar oʻz kuchida qolganini taʼkidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Vyetnamdan uchib ketayotganda avariya sodir boʻldi (video)