11:06 / 02.03.2019
4 616

Belarus prezidenti Lukashenko oltinchi marta prezident boʻlmoqchi

Belarus prezidenti Lukashenko oltinchi marta prezident boʻlmoqchi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2020 yilda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga hech kim uni ogʻir daqiqalarda qochib ketganlikda ayblamasligi uchun nomzodini qoʻyishini aytdi. Lukashenko bu haqida jamoatchilik, Belarus va xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

Lukashenkoning aytishicha, Belarus fuqarolari unga shunday munosabatdalarki, u boʻlib oʻtajak saylovlarga oʻz nomzodini qoʻymasligining iloji yoʻq. Biroq Belarus rahbari barchasi oʻzgarishi ham mumkinligini qoʻshimcha qilgan.

“Men hozir shunday oʻylamoqdaman, biroq sogʻligʻimda oʻzgarish boʻlishi yoki yana nimadir yuz berishi va boshqa yoʻl tutishga toʻgʻri kelishi mumkin. Biroq men buni hozir, saylovlardan oldin, keyin siz meni qoʻrqoqlikda ayblab, ogʻir damda qochib ketdi, demasligingiz uchun aytmoqdaman”, deb taʼkidlab oʻtgan Lukashenko.

Hozirda 64 yoshda boʻlgan Lukashenko Belarusga 1994 yildan beri rahbarlik qilib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti Lukashenko oltinchi marta prezident boʻlmoqchi