Mashhur videobloger Zak Nelson turli qurilmalar ustida oʻtkaziluvchi mustahkamlik sinovlari bilan mashhur. Jumladan, yaqindagina u Xiaomi rosa maqtagan bitta modelni sinab, videosini oʻzining YouTube-kanaliga joylagandi.
Xullasi kalom, fevralning oxirida namoyish etilgan Samsung Galaxy S10 flagmani ham Zak Nelson qoʻliga yetib keldi. Bloger uni kanselyariya pichoqchasi bilan tirnab, qoʻli bilan bukishga urinib koʻrdi.
Yaxshisi, bu jarayonni oʻzingiz tomosha qiling:
Galaxy S10 modelida Samsung yangicha texnologiya qoʻllagan – displey ostiga boshqalar qatori optik emas, balki ultratovushli daktiloskopik sensor joylagan. Nelson ushbu skanerning tirnashlardan soʻng qanday ishlashini tekshirib koʻrdi – shikastlanganiga qaramasdan, mazkur datchik barmoq izini tanish tezligi va aniqligini yoʻqotmadi.
Umuman, Galaxy S10 korpusi yetarlicha mustahkam chiqdi – videobloger kuch bilan uringanida ham uni buka olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?