06:32 / 04.03.2019
5 335

Italiyada qiyofasini oʻzgartirgan mafiya boshligʻi qoʻlga olindi

Italiyada qiyofasini oʻzgartirgan mafiya boshligʻi qoʻlga olindi
Italiyaning Neapol shahri politsiyasi eng xavfli jinoyatchilardan biri, mafiya tashkiloti boshligʻi Marko Di Lauroni qoʻlga oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

U 2 mart kuni oʻtkazilgan maxsus operatsiya chogʻida hibsga olingan. Neapol politsiya boshqarmasi boshligʻi Antonio De Yezuning aytishicha, Di Lauro qoʻlga olinayotganida qarshilik koʻrsatmagan.

38 yoshli Di Lauro Neapoldagi kamorra jinoiy tuzilmasi boshligʻi hisoblanadi. 2005 yilda Italiya ichki ishlar vazirligi Marko Di Lauroni qidiruvdagi ashaddiy jinoyatchilar roʻyxatiga kiritgan.

Qayd etilishicha, Di Lauro bir necha yil ilgari tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun jarrohlik operatsiyasini oʻtkazgan, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari taʼqibidan qochish uchun bir necha bor ayollar kiyimida yurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada qiyofasini oʻzgartirgan mafiya boshligʻi qoʻlga olindi