20:43 / 03.03.2019
4 164

Guaydo Venesuelaga qaytishini maʼlum qildi

Guaydo Venesuelaga qaytishini maʼlum qildi
Oʻzini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb eʼlon qilgan Xuan Guaydo Venesuelaga qaytayotganini maʼlum qildi va yangi namoyishlar oʻtkazishga chaqirdi.

“Mamlakatga qaytayotganimni maʼlum qilaman va butun mamlakat boʻylab dushanba va seshanba kunlari chiqishlar qilishga chaqiraman”, - deb yozdi Guaydo Twitter sahifasida.

Avvalroq AQSHning Venesuela boʻyicha maxsus vakili Elliott Abrams mamlakat hukumatini Kolumbiyadan qaytmoqchi boʻlgan Guaydoni hibsga olmaslik haqida ogohlantirgandi. Guaydo 22 fevral kuni Venesuelani tark etishi taʼqiqlangan boʻlsa-da, Kolumbiyaning Kukuta shahriga borgandi.

Venesuela oliy sudi vakili Xuan Karlos Valdes Guaydo taʼqiqni buzib mamlakatni tark etgani uchun 30 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida maʼlum qilgandi. Guaydo 23 yanvarda oʻzini vaqtinchalik prezident deb eʼlon qilgandi. Oʻshandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Guaydo Venesuelaga qaytishini maʼlum qildi