07:01 / 04.03.2019
4 818

Rossiya terrorchilar ustidan toʻliq gʻalaba qilinganini rasman tan oldi… mi?

Rossiya terrorchilar ustidan toʻliq gʻalaba qilinganini rasman tan oldi… mi?
Yaqinda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Quvayt telekanali muxbiriga bergan intervyusida shu masalaga alohida urgʻu berib oʻtdi. Vazirning aytishiga qaraganda, Suriyadagi dunyoda faoliyati taʼqiqlangan “ISHID” jangari kallakesarlar guruhi ustidan toʻliq gʻalabaga erishildi.

Ammo bu butkul boʻshashgan holda eʼtiborsiz qolish kerak degani emas. Negaki, Suriyaning burchak-burchaklarida bekitiqcha faoliyat yuritayotgan, navbatdagi xunrezliklarga zoʻr berib hozirlik koʻrayotgan jangari guruhlar, yacheykalar baribir topiladi.

Masalan, Idlib shahrining bir qismi hanuz “Xayyat Taxrir ash-Sham” jangarilari nazorati ostida turibdi. Agar Turkiya tarafi soʻzida turib, Rossiya hamda Eron bilan hamkorlikda Idlib shahrida harbiy harakatlarni boshlasa, bu hudud ham kallakesarlardan toʻliq tozalangan boʻlardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya terrorchilar ustidan toʻliq gʻalaba qilinganini rasman tan oldi… mi?