13:39 / 04.03.2019
3 465

Nurmagomedov Ramzon Qodirovga koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi

Nurmagomedov Ramzon Qodirovga koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi
UFCʻning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Checheniston yetakchisi Ramzon Qodirovga Dogʻistonga koʻrsatayotgan koʻmagi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Dogʻistonning koʻp kulfatlarida yordam berayotganing uchun katta rahmat, ogʻa. Bu sen tomondan Dogʻistonga koʻrsatilayotgan birinchi yordam emas”, deb yozgan sportchi Instagramʻdagi sahifasida va Qodirov bilan birga tushgan suratini ilova qilgan. U, shuningdek Ramzon Qodirovga uzoq umr tilagan.

“Respublikalarimizning har bir odami ishi yoki ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, xalqlarimiz – Checheniston va Dogʻiston oʻrtasidagi qardosh munosabatlar mustahkamlanishi uchun nimadir qilishi lozim”, deb yozgan dogʻistonlik sportchi.

2 mart kuni Nurmagomedov oʻz sahifasida Dogʻistondagi Tissi-Axitli qishlogʻidagi yongʻinda jabr koʻrganlarga yordam berishga chaqirgan. “Keling birdamligimizni koʻrsatib, kelgusida ham barcha kulfatlarga birga javob qaytaramiz”, deb yozgan Habib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nurmagomedov Ramzon Qodirovga koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi