15:20 / 04.03.2019
5 191

“Novichok” tufayli halok boʻlgan ayolning oʻgʻli Putinga xat yozdi

“Novichok” tufayli halok boʻlgan ayolning oʻgʻli Putinga xat yozdi
“Novichok” asab-falajlovchi moddasi yordamida zaharlanib halok boʻlgan, Britaniyaning Eymsberisida yashagan Don Sterjessning oʻgʻli Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻlladi. 20 yoshli Evan Xoupning xati matni The Mirror tomonidan eʼlon qilindi.

Xoup oʻz murojaatida Britaniya maxsus xizmatlariga Solsberida zaharlanish hodisasini tashkil etish boʻyicha ikki gumonlanuvchi - GRU agentlari Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovni soʻroq qilishga imkon yaratib berish toʻgʻrisida soʻragan.

“Britaniya politsiyasi fikricha, onamning oʻlimi uchun kamida ikki kishi javobgardir. Biroq, aftidan, ular sizning davlatingiz himoyasi ostida boʻlib turibdi. Sizga inson sifatida murojaat qilaman - bu shaxslarni soʻroq qilishga ruxsat bering. Mening onam adolatga loyiqdir”, - deyiladi Xoupning maktubida.

Shuningdek, halok boʻlgan ayolning oʻgʻli politsiyaga Britaniya hukumati tomonidan bu ish yuzasidan qoʻllab-quvvatlov taqdim etilishini kutishdan charchagani haqida maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Novichok” tufayli halok boʻlgan ayolning oʻgʻli Putinga xat yozdi