18:20 / 04.03.2019
5 136

Las-Vegasdagi mehmonxonada bir kecha tunash 100 ming dollar turadi

Las-Vegasdagi mehmonxonada bir kecha tunash 100 ming dollar turadi
Buyuk Britaniyaning eng boy rassomi Demyen Xerst Las-Vegasning mashhur Palms kazinosi mehmonxonasida xona dizaynini yaratdi, deya xabar beradi “Daryo”.

Ushbu xonada bir kecha tunash 100 ming dollar turadi, kazino mijozga 1 million dollar chegarasida kredit liniyasi ochib bergan taqdirda esa bepul.

Demyen Xerst tomonidan ishlab chiqilgan Palms minorasining yuqori qismida joylashgan 836 kvadrat metrli ikki qavatli apartament “ushbu masshtabdagi zamonaviy sanʼat kolleksiyasining” yagona nusxasi sanaladi.

Foto: “ForumDaily”
Xerst, Los-Anjelesga qaraydigan osma mozaykali hovuzni oʻz ichiga olgan xonani loyihalash uchun Bentel & Bentel arxitektura firmasi bilan ishlagan. Britaniyalik rassom xona dizaynini yaratish uchun oltita asar yaratgan.

Ushbu xonada ikkita yotoq, Venus rangli marmar va maxsus Las-Vegas kafellari bilan qurilgan hammom bor. Unda aqlli uy prinsipiga asoslangan boshqaruv avtomatizatsiyasi mavjud.

Mehmonxona xizmatidan foydalanayotgan mehmonga xizmat koʻrsatish uchun haydovchi bilan avtomashina beriladi, konsert zali, tungi klub, jahon klassidagi ovoz yozish studiyasi va kurortda foydalanish uchun 10 000 dollar miqdoridagi kredit taqdim etiladi.

Bu hali hammasi emas — mehmon maxsus terapevtik tuz xonasida dam olishi, gidroterapeyali hammom qabul qilishi, ikki massaj xonasidan, eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan fitnes-markazi xizmatidan foydalanishi, 8 nafar doʻstini oshxonada yoki 17 kishilik barda 24 soat davomida mehmon qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Las-Vegasdagi mehmonxonada bir kecha tunash 100 ming dollar turadi