20:51 / 04.03.2019
6 961

Moskvada ukrainalik ayol oʻzbekistonlik erkakni pichoqlab oʻldirdi

Moskvada ukrainalik ayol oʻzbekistonlik erkakni pichoqlab oʻldirdi
Moskva shahrida ukrainalik ayol ichkilikbozlik paytida Oʻzbekiston fuqarosini pichoqlab qoʻydi, deb xabar berdi Sputnik.

Nashrning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasining xabar qilishicha, Moskva shahrining Gʻarbiy maʼmuriy okrugida migrantni pichoqlashda gumon qilinayotgan shaxs qoʻlga olingan.

Politsiya xodimlari 1984 yilda tugʻilgan ukrainalik ayol va 1978 yilda tugʻilgan oʻzbekistonlik migrant oʻrtasidagi janjal spirtli ichimlik isteʼmol qilishdan soʻng yuzaga kelganini aniqlashdi. Dastlabki xabarlarga koʻra, ayol qoʻlidagi oʻtkir predmetni oʻz sheriginining koʻkragiga sanchadi.

Jarohatlangan shaxs shifoxona olib boriladi, ammo koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan oʻsha yerda vafot etadi.
Hozirda jinoyatchi qoʻlgan olingan. Tergovchilar sodir boʻlgan hodisaning tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada ukrainalik ayol oʻzbekistonlik erkakni pichoqlab oʻldirdi