Moskva shahrining Meshan tuman sudi reper Timati (Timur Yunusov)ni Perm oʻlkasi parlamentining sobiq deputatini haqorat qilishda aybdor deb topdi deb maʼlum qildi Sputnik nashri.
Xabarda qayd etilishicha, sud sobiq deputat Aleksandr Telepnevning daʼvosini qisman qondirib, reper Timatiga shikoyatchiga 30 ming rubl (459 dollar) miqdorda jarima toʻlash majburiyatini yukladi.
2018 yilning fevralida “Madaniyat uyi” klubiga tashrif buyurgan deputat Telepnev va uning doʻsti artist DJ Smash (Andrey Shirman)ni doʻpposlashgan. U turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Timati DJ Smash᾽ning shifoxonadagi palatasida video yozib, Instagram sahifasiga joylashtirgan. Sobiq deputat Telepnev Timatining ayrim gaplarini shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga dogʻ tushiruvchi deb hisoblagan va reperdan oʻzining foydasiga 500 ming rubl (7600 dollar) maʼnaviy zarar undirishni soʻrab daʼvo arizasini kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi