Futbolchi maydonga lezviya olib kelib, raqiblarini yaraladi

  • 05 mart 2019, 09:54
  • 2 008
  • Dunyo
  • Futbolchi maydonga lezviya olib kelib, raqiblarini yaraladi
    Turkiyada futbolchi maydonga lezviya olib kelib, oʻyin davomida raqiblarini jarohatladi, deb yozadi Yeni Şafak Spor nashri.

    Ushbu hodisa Turkiyaning “Amedspor” va “Sakaryaspor” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻyin davomida sodir boʻlgan. “Amedspor” jamoasining yarimhimoyachisi Mansur Chalar maydonga sezdirmasdan lezviya olib keladi va raqib jamoa oʻyinchilari bilan koʻrishayotganda hamda oʻzaro kelib chiqqan janjal vaqtida ular tanasining turli qismlarini jarohatlaydi.

    “Sakaryaspor” futbolchilari gap nimada ekanligini darhol sezishmaydi. Musobaqa yakunidan soʻng ular ijtimoiy tarmoqlarda oʻzlarining yaralangan tana qismlarini eʼlon qilishadi. Internet foydalanuvchilari Chalarning bu xatti-harakatlarini qattiq qoralashdi.

    Turkiyaning “Amedspor” klubi rahbariyati futbolchi bu ishni qilmaganini aytdi. Klub oʻzining Twitter᾽dagi sahifasida Chalar haqida boʻhton tarqatayotganlar javob berishlarini maʼlum qildi.

    » » Futbolchi maydonga lezviya olib kelib, raqiblarini yaraladi