15:13 / 05.03.2019
5 629

Forbes dunyodagi “eng boy odam”ni maʼlum qildi

Forbes dunyodagi “eng boy odam”ni maʼlum qildi
Amazon rahbari Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam nomini saqlab qoldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, uning boyligi 19 milliard dollarga oshib, 131 milliard dollarni tashkil etdi.

Aniqlik kiritilishicha, u kelasi yili, rafiqasi Makkenzi Bezoz bilan ajrashganidan soʻng reytingdagi yetakchi oʻrinni saqlab qolishi boʻyicha masala hozircha ochiq qolmoqda. Makkenzi ajrim jarayonidan keyin Bezosga tegishli pullarning yarmini olishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Forbes dunyoning eng boy ayolini maʼlum qilgandi.

Forbes nashri talqiniga koʻra, joriy yilda dunyoning eng boy ayoliga LʻOreal kompaniyasining merosxoʻri Fransuaza Betankur-Mayers aylandi. U umumiy reytingda 15-oʻrinni egallagan. Uning boyligi 50 mlrd dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes dunyodagi “eng boy odam”ni maʼlum qildi