Xitoy AQSHga raketalar bitimi boʻyicha chaqiriq bilan chiqdi

  • 06 mart 2019, 08:50
  • 1 327
  • Dunyo
  • Xitoy AQSHga raketalar bitimi boʻyicha chaqiriq bilan chiqdi
    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitim toʻxtatilishi boʻyicha izoh berdi. Bu haqda TASSga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

    Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSHning bitimdan chiqib ketishi jahondagi xavfsizlikka salbiy taʼsir qiladi.
    “Xitoy Amerika tomoni bu bitimdan chetlashishiga qatʼiy qarshi chiqadi”, - deya aytib oʻtdi Lu Kan.
    Uning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar kelishmovchiliklarni imkon qadar tezroq hal etishi va bitimni tiklashi lozimdir.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitim bajarilishini toʻxtatishga doir farmonni imzolagandi.

    Rossiya tomoni, hujjat matniga koʻra, “Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan mazkur bitim boʻyicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha” Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimni bajarishni toʻxtatadi.

    » » Xitoy AQSHga raketalar bitimi boʻyicha chaqiriq bilan chiqdi