14:55 / 06.03.2019
5 157

Bitlar Darvin nazariyasini qisman isbotlashga yordam berdi

Bitlar Darvin nazariyasini qisman isbotlashga yordam berdi
Foto: Adapted from Bush
AQSHning Yuta universiteti olimlari Darvinning nazariyasi turlarning paydo boʻlishini toʻgʻri tasvirlab berganini isbotladi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Mutaxassislar turlarning tashqi koʻrinishi va xulq-atvoridagi oʻzgarish ularning yashash tarziga bogʻliq ekanini isbotlagan. Olimlar toʻrt yil davomida tajriba oʻtkazib, kerakli natijaga erishgan.

Tadqiqotchilar faqat ikki turdagi jonzot, yaʼni kabutar va bitning Columbicola columbae turidan foydalangan. Qushlar koloniyasi patlarining rangi bilan guruhlarga boʻlinib, bir-biridan ajratib qoʻyilgan. Hasharotlar esa qushning rangiga moslashishi kerak edi. Bitning rangi patning rangidan yaqqol farq qilgani sabab, u tezroq oʻlgan va nasl qoldirmagan.

Bitlar toʻrt yil davomida kabutar patining rangiga moslashishni oʻrgangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bitlar Darvin nazariyasini qisman isbotlashga yordam berdi