13:13 / 06.03.2019
4 996

Angliyadagi bir oiladan uch kishining oshqozoni olib tashlandi

Angliyadagi bir oiladan uch kishining oshqozoni olib tashlandi
Sofiya Ahmad va uning ikki akasi Tohir Xon, Umar oshqozon saratoni xavfi tufayli oshqozonini olib tashlashga rozilik bildirishdi. Gap shundaki, 2003 yili ularning onasi Perl Xon 49 yoshida oshqozon saratoni tufayli olamdan oʻtgan. Vrachlar unga xuddi shunday tashhis qoʻygach, atigi olti oygina umr koʻrgan.

Oradan oʻn yil oʻtgach, 32 yoshli qizi Yasmina ham oshqozon saratonidan oʻlim topgan. Shuni hisobga olgan uch aka-singil tibbiy koʻrikdan oʻtishga qaror qilishdi. Tekshiruvlar haqiqatan barchalari saraton xastaligiga moyilligini koʻrsatib berdi. Shundan keyin barchalarining oshqozoni jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlandi.

Sofiyaning aytishicha, oshqozonsiz ham oʻzlari xohlagan taomlarni isteʼmol qilishmoqda. Harakatlanishda ham cheklovlar yoʻq. Faqat vaznni nazorat qilish ogʻir kechmoqda va eng zarur vitaminlar organizmga tushmas ekan. Ammo Sofiya saraton xastaligidan erta oʻlib ketgandan, sal qiynalib boʻlsa-da, yashashni maʼqul koʻradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyadagi bir oiladan uch kishining oshqozoni olib tashlandi