Kayli Jenner. Foto: Google Photos
Shou-biznes, moda, kino va sanʼat olamining ishqibozlari sevib mutolaa qiladigan eng mashhur jurnallardan sanalgan Forbes jurnali dunyoning eng yosh milliarder ayoli kimligini eʼlon qildi.
Maqolada yozilishicha, “Eng yosh milliarder xonim” sharafli nomiga Kim Kardashyanning singlisi, 21 yoshli Kayli Jenner loyiq koʻrildi. U pardoz-andoz ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan oʻz brendiga ega va shu bilan birgalikda “Kardashyan oilasi” television realiti-shousining boshlovchisidir.
Twitterʻdagi sahifasida Kayli “bu sharafli nomga ega chiqishi kutilmagan holat boʻlgani, eʼtirof etilish insonga yoqimli tuygʻu bagʻishlashi va bu eng ajoyib yutuq ekani”ni eʼtirof etadi.
Shu bilan birga, Kayli ulkan yutuqqa erishishda ijtimoiy tarmoqlarning ham salmoqli hissasi borligini, biznesining dastlabki kunlarida uni qoʻllab-quvvatlagan obunachilari soni katta boʻlganini ham taʼkidlaydi.
Eng yosh milliarder xonim ayni paytda 2016 yilda ish boshlagan Kylie Cosmetics pardoz-andoz mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shgʻullanadigan, pul aylanmasi milliard dollar boʻlgan kompaniyaga ham egalik qiladi.
Kayli yoshlik paytida milliard dollar ishlab topgan biznes vakillari qatorida yetakchilik qiladi. Taqqoslash uchun, Facebook ijtimoiy tarmogʻi egasi Mark Sukerberg ilk milliardini qoʻlga kiritgan paytda endigina 23 yoshni qarshilagan edi.
Kayli tajribasidan kelib chiqib, sizga eng qimmatli maslahat — ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamang, ijtimoiy tarmoqdagi vaqtingizdan unumli foydalaning. Ehtimol Forbesʻning navbatdagi yuzi boʻlarsiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi