16:39 / 06.03.2019
6 989

Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylangan Vladimir Kim kim?

Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylangan Vladimir Kim kim?
Forbesʻning yangilangan reytingiga koʻra, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi KAZ Mineralsʻning yirik aksiyadori Vladimir Kim Qozogʻistonning eng boy odamiga aylandi.

Jurnal Kimning boyligini 4,5 milliard dollarga baholadi, bu unga dunyoda 424-oʻrinni va ham Qozogʻiston, ham Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egallash imkonini berdi.

90-yillarda Vladimir Kim texnika fanlari nomzodi, biznes va maʼmuriy boshqaruv boʻyicha falsafa doktori unvonini AQSHda olgan. “Jezkazgansvetmet” AJda ishlagan.

2005 yilda, keyinchalik London fond birjasida Qozogʻistonning birinchi kompaniyasiga aylangan “Kazaxmis” rahbariga aylandi. 2014 yilda kompaniya oʻz nomini KAZ Mineralsʻga oʻzgartirdi.

2013 yilda kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketdi, ammo ijrochi direktor sifatida oʻz oʻrnini saqlab qoldi hamda asosiy aksiyadorga aylandi.

2018 yilda Kimning boyligi 3,1 milliard dollarga baholangan (766-oʻrin). Shu tariqa, bir yil mobaynida tadbirkorning puli, Forbes maʼlumotlariga koʻra, 1,4 milliard dollarga ortdi.

Oʻtgan yili Qozogʻistonning eng badavlat kishisi boʻlgan Timur Kulibayev bu yil 3,1 mlrd dollar bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Ikkinchi pogʻonani sarmoyador Bulat Utemuratov egalladi, uning boyligi 2,6 milliard dollardan 3,4 milliard dollargacha koʻtarildi.

Reytingda ulardan tashqari mamlakat prezidentining qizi Dinara Kulibayeva (3,1 milliard dollar) va tadbirkor Alijon Ibragimov (2,3 milliard dollar) bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylangan Vladimir Kim kim?