10:55 / 07.03.2019
4 212

Yevropada “eng qimmat banknot” taqdim etildi (foto)

Yevropada “eng qimmat banknot” taqdim etildi (foto)
Foto: twitter.com/SNB_BNS_en
Shveysariya milliy banki 1000 frankli kupyuraning yangi shaklini taqdim etdi. U Yevropadagi eng qimmat banknot boʻladi hamda qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi (10 minglik Bruney dollari kupyurasidan keyin). Bu haqda “Korrespondent.net”ga tayanib Daryo xabar qildi.

Kupyura 13 martdan muomalaga kiritiladi. Toʻqqizinchi seriyali boshqa yangi banknotlar kabi kupyurada siyohrang polimer toladan foydalanilgan. Kupyura dizaynining asosiy vazifasi – muloqot va til.

Xabarda aytilishicha, YEIning koʻp mamlakatlari 500 yevroli banknotni chiqarishni toʻxtatgan. 500 yevroli banknot Yevropa hududida muomalada qoladi. U doim hisob-kitob va jamgʻarmada ishlatiladi va oʻz qiymatini saqlab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada “eng qimmat banknot” taqdim etildi (foto)