12:00 / 07.03.2019
4 528

MTS Oʻzbekistondagi korrupsiya ishi boʻyicha AQSH hukumatiga 850 mln dollar jarima toʻlaydi

MTS Oʻzbekistondagi korrupsiya ishi boʻyicha AQSH hukumatiga 850 mln dollar jarima toʻlaydi
Rossiyaning MTS mobil operatori AQSHning qimmatbaho qogʻozlar va birjalar komissiyasi va adliya vazirligi bilan Oʻzbekistondagi sobiq shoʻba korxonasi atrofidagi tergov yuzasidan kelishuv tuzdi va bu kelishuv doirasida 850 mln dollarlik jarima toʻlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida xabar qilindi.

Kompaniyada taʼkidlanishicha, kelishuv MTSning 2004 yildan 2012 yil oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda olib borgan faoliyati bilan bogʻliq tergovga nuqta qoʻyadi. Kompaniya jarimani bu maqsadlar uchun zaxiralangan mablagʻlardan toʻlab beradi.

2015 yil bahorida AQSH adliya vazirligi Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi taʼkidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boshlagan. Oʻsha yil avgustida AQSH hukumati Yevropaning 5 ta davlatiga ushbu ish boʻyicha bir mlrd dollarlik aktivlarni muzlatib qoʻyish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Tergov versiyasiga koʻra, aloqa operatorlari korrupsiyaviy sxema yordamida Gulnora Karimova bilan bogʻliq tuzilmalarga Oʻzbekiston bozoriga chiqish, chastotalar olish va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqi evaziga yuzlab million dollar oʻtkazishgan. 2016 yilda Vimpelcom ushbu ish doirasida 795 mln dollar toʻlab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MTS Oʻzbekistondagi korrupsiya ishi boʻyicha AQSH hukumatiga 850 mln dollar jarima toʻlaydi