13:41 / 07.03.2019
4 981

AQSHlik fuqaro lotereyadan 1,5 milliard dollar jek pot yutib oldi

AQSHlik fuqaro lotereyadan 1,5 milliard dollar jek pot yutib oldi
Foto: Depositphotos
Janubiy Karolinada Mega Millions jek potida 1,5 milliard dollar yutib olgan shaxs oʻz yutugʻini olib ketish uchun murojaat qildi, biroq u anonim qolishni afzal koʻrdi, deb yozadi “Daryo.uz”.

Omad egasi deyarli 878 million dollarni bir martalik naqd pul koʻrinishida olishga qaror qilgan, natijada ushbu yutuq AQSH tarixida bir kishi olgan eng katta sovrin boʻldi.

Yutuqli chipta 2018 yilning 23 oktabr kuni eʼlon qilingan, biroq uning egasi shu kungacha lotereya tashkilotchilari bilan bogʻlanmagan.
Xabarda aytilishicha, Janubiy Karolina shtati yutuq egasidan 61 million miqdorida daromad soligʻi oladi.

Yutuqli chipta Janubiy Karolinaning Simpsonvill shahridagi KC Mart doʻkonidan sotib olingan boʻlib, doʻkonga ham yutuqli chipta sotgani uchun 50 ming dollar belgilangan.
Gʻolib boʻlgan shaxsning aytishicha, chipta olish paytida bir xaridorni Mega Millions chiptasini olish uchun navbatsiz oʻtkazib yuborgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik fuqaro lotereyadan 1,5 milliard dollar jek pot yutib oldi