14:30 / 07.03.2019
4 744

AQSHda Trampga qarshi “yangi tergov” boshlandi

AQSHda Trampga qarshi “yangi tergov” boshlandi
AQSH prezidenti Donald Trampga qarshi yangi keng koʻlamli tergov doirasida Kongress tadbirkor Yevgeniy Prigojin, Vladimir Putin va rossiyalik milliarder Viktor Vekselberg bilan bogʻliq kompaniyadan hujjat soʻradi, deya xabar beradi “Daryo”.

Tramp korrupsiya va hokimiyatni suiisteʼmol qilishda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, Demokrat kongressmenlar Oq Uydan Trampning Putin bilan muzokaralari haqida maʼlumot berishini talab qilgan.

Trampga nisbatan yangi tergov Demokrat Gerrold Nadler boshchiligidagi huquqiy qoʻmita tomonidan olib boriladi.
Tramp hokimiyatni suiisteʼmol qilish, korrupsiya va adolatni buzishda gumon qilinmoqda.

Dushanba kuni parlament tekshiruvi doirasida jami 80 dan ortiq tashkilot va shaxslarga soʻrov yuborilgan.
Ushbu soʻrovlar shuningdek Oq Uy maʼmuriyatiga ham yoʻnaltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Trampga qarshi “yangi tergov” boshlandi