07:05 / 08.03.2019
5 849

Shri-Lankada jallod vazifasida ishlash uchun erkaklar ishga qabul qilinmoqda

Shri-Lankada jallod vazifasida ishlash uchun erkaklar ishga qabul qilinmoqda
Aytishlariga koʻra, Shri-Lankada narkotik savdosida ayblanib qamalganlarni qatl etish qayta tiklanishi munosabati bilan bitta jallod vakansiyasi boʻshab qolgan. Shuning uchun jazoni ijro etish bosh boshqarmasidagilar ushbu vazifaga bir kishi kerakligi xususida mahalliy gazetalarning birida eʼlon chop etishgan.

Eʼlonda aytiladiki, jallodning yoshi 18-45 atrofida boʻlishi, u kuchli xarakter, bilimli va ruhan tetik boʻlishi lozim. Hozirning oʻzida jallod vazifasida ishlashni xohlab ariza taqdim etgan erkaklar soni 105 nafardan oshib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, Shri-Lankada qatl osish orqali amalga oshiriladi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada jallod vazifasida ishlash uchun erkaklar ishga qabul qilinmoqda