Foto:“Vesti”
Ukraina prezidentligiga nomzod – Yuriy Timoshenkoga (Yuliya Timoshenko emas!) pora berishga uringanlar qoʻlga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko oʻzining “Feysbuk”dagi sahifasida maʼlum qildi.
Pora miqdori 187 ming AQSH dollari ekani aytilmoqda.
Yuriy Timoshenko – Ukraina prezidentligiga daʼvogar 39 nafar nomzodlardan biri. U yana bir nomzod – mamlakat sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoga hech kim emas. Bor-yoʻgʻi saylovdagi siyosiy raqib, xolos. Ilgari jamoa xoʻjaligi, qurilish tashkilotlarida boʻyoqchiyu haydovchilik qilgan Yuriy Timoshenko Ukrainadagi notinchliklar ortidan “Xalq fronti”ga koʻngilli sifatida qoʻshilgan. Soʻng Ukraina parlamenti deputatligiga saylanadi.
Uning nomzodi prezidentlikka koʻrsatilishi sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning tinchini buzishi tabiiy. Shu sabab ham Ukrainaning mashhur siyosatchilaridan boʻlgan Timoshenko xonim familiyadoshining nomzodlar safida paydo boʻlishini shunchaki “oʻyin” deb baholamoqda. Bundan maqsad saylovchilarni chalgʻitish va shu orqali oʻziga berilajak ovozlarni familiyadoshiga “oʻtib ketishiga” imkoniyat yaratish, xolos. Shu sabab Yuliya Timoshenko Yuriy Timoshenkoning nomzodini roʻyxatdan oʻchirib tashlashni talab qilib kelayotgan edi.
Yuriy Timoshenkoga kim pora berishi mumkin? Albatta, gumon avvalo Yuliya xonimga tushishi ehtimoli katta. Shu paytgacha siyosat sahnasida qorasi koʻrinmagan Yuriy Timoshenko birdaniga prezidentlikka nomzod sifatida paydo boʻlishini shunchaki tasodif deyish qiyin. Bunday sirli nomzod Yuliya Timoshenkodan boshqa daʼvogarning manfaatlariga daxl qilmaydi.
Ukrainada prezidentlik saylovi shu yilning 31 mart kuni oʻtkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi