20:47 / 08.03.2019
18 742

Rossiyadagi oʻta dahshatli topilma… (Yuragi zaiflar qaramasin)

Rossiyadagi oʻta dahshatli topilma… (Yuragi zaiflar qaramasin)
Bu voqea 2012 yili sodir boʻlgandi. Oʻshanda mart oyi boshlarida Xabarovskda yashovchi baliqchilar daryo sohilida odamning uzilib ketgan qoʻl kaftini topishdi. Ular sira oʻylab oʻtirmay, politsiyaga xabar berishdi. Politsiyachilar koʻrsatilgan manzilga yetib kelgach, izlanishni boshlashdi.

Natijada sohildan uncha uzoq boʻlmagan yerdan yana 53 ta xuddi shunday qoʻl kaftlariga duch kelishdi.
Qoʻl kaftlari erkaklarga tegishli boʻlib, jarrohlik yoʻli bilan emas, balki oʻtkir tigʻli asbob yordamida uzib tashlangandi.

Mana, oradan 7 yil oʻtdi hamki, mutaxassislar, tergov tashkilotlari xodimlari, ekspertlar qoʻl kaftlarining kimga tegishli ekani, kim tarafidan bunday vahshiylik sodir etilganini aniqlay olishmayapti.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi oʻta dahshatli topilma… (Yuragi zaiflar qaramasin)