21:13 / 08.03.2019
6 867

Moskvada yana bir oʻzbekistonlik pichoqlab oʻldirildi

Moskvada yana bir oʻzbekistonlik pichoqlab oʻldirildi
Foto: Uz24
Moskvaning “Akademicheskiy” tumanida Oʻzbekiston fuqarosining pichoqlangan tanasi topildi, deb xabar berdi Uz24.

Xabarda aytilishicha, Moskva huquq-tartibot idorasiga 5 mart kuni kechqurun Krjijanovskiy koʻchasida joylashgan yotoqxona xonasida badanida koʻplab sanchilgan va kesilgan jarohatlari boʻlgan, 1976 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosining jonsiz tanasi topilganligi maʼlum qilingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻldirilgan shaxs koʻcha supuruvchi boʻlib ishlagan. Shuningdek, u oʻzining jonsiz tanasi topilgan xonada yashab kelgan.

Hozirda qotillik tafsilotlari oʻrganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada yana bir oʻzbekistonlik pichoqlab oʻldirildi