09:59 / 09.03.2019
4 686

Uchinchi Reyxning xazinalari xaritasi eʼlon qilindi (foto)

Uchinchi Reyxning xazinalari xaritasi eʼlon qilindi (foto)
Germaniyada Uchinchi Reyx zobiti Egon Ollenxauerning shaxsiy kundaligi eʼlon qilindi, unda yashirib qoʻyilgan xazinalar qayerda joylashgani koʻrsatilgan. Bu haqda Daily Mailʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Yozuvlarga koʻra, Adolf Gitler Polshadan chekinish paytida oltin, sanʼat asarlari va boshqa qimmatbaho buyumlarni yashirishni buyurgan. Bu xazinalar 260ta yuk mashinasiga joylashtirilgan va sovet qoʻshinlari ularni topa olmasligi uchun egallab olingan mamlakat hududidagi 11ta joyga yashirilgan.

Taʼkidlanishicha, yashirin joylarda taxminan 28 tonna oltin, zargarlik buyumlari, medallar, diniy obyektlar, shuningdek, 47ta sanʼat asari, jumladan, Bottichelli, Rubens, Karavajo, Mone, Rafael va Rembrandtning Fransiyadan oʻgʻirlangan asarlari bor.

Bir necha oʻn yillar davomida Ollenxauer kundaligi Germaniyaning Kvedlinburgidagi masonlar lojasida saqlangan, keyinchalik u Schlesische Brücke jamgʻarmasiga berildi. Yozuvlar masonlar lojasi tomonidan qoʻyilgan talablar tufayli ilgari eʼlon qilinmagan. Tashkilot aʼzolari urushning barcha ishtirokchilari, bu hodisa bilan bogʻliq shaxslar, xususan, “Vaffen SS” xodimlari hayotligida kundalik eʼlon qilinishidan bosh tortishgan.

Jamgʻarma xodimi Roman Furmanyakning bildirishicha, beshta nemis taʼlim muassasasi kundalik haqiqiy ekanini tasdiqladi. Hozirgi paytda jamgʻarma Uchinchi Reyx xazinalari boʻlishi mumkin boʻlgan joylarni tekshirmoqda. Xususan, qimmatbaho buyumlar koʻl tubida, Polshadagi saroylardan birida joylashgan maxfiy xonada, shuningdek, bogʻdagi quduqda saqlanayotgan boʻlishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchinchi Reyxning xazinalari xaritasi eʼlon qilindi (foto)